Joriy yilning 6- may kuni viloyat Statistika boshqarmasi boshlig’i A. Tashnazarov hududiy statistika bo’limlari faoliyatini oʻrganish maqsadida Karmana, Konimex, Nurota, Qiziltepa va Navbahor tumanlariga bordi.
Shuningdek, rahbar tomonidan hududiy statistika bo’limlarida xonalarning sanitariya gigiyena holati, dasturiy va texnik ta'minoti, sohaga doir hujjatlar yaqindan o’rganildi va xodimlarga kuzatuvlar hamda hisobotlar qamrovi bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.