Joriy yilning 5- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida tadbir tashkil etildi. Unda 2023- yil 24–27- aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida BMTning 4- Butunjahon ma’lumotlar forumida ishtirok etib qaytgan agentlikning Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov so‘z yuritdi.
Agentlik markaziy apparati xodimlari qatnashgan tadbirda A. Sultanov 4-Butunjahon ma’lumotlar forumida ekspertlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar haqida ma’lumot berdi. Xususan,
- “Big Data” katta hajmdagi ma’lumotlardan foydalanishni statistika amaliyotiga joriy qilish va ma’lumotlar sifatini oshirish;
- internet jahon axborot tarmog‘ida ochiq ma’lumotlar shaklida faoliyat yuritayotgan ilovalar va xizmatlar bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
- ijtimoiy-foydali xizmatlar ishlab chiqishda budjet xarajatlarini tejash;
- davlat organlari o‘rtasida axborot almashish imkoniyatlarini kengaytirish;
- “Ochiq Hukumat” konsepsiyasini amalga oshirish uchun axborot bazasini yaratish;
- davlat organlari faoliyatini nazorat qilish va monitoring olib borish imkoniyati orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.