05/05/2023

Joriy yilning 5- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov, Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi bosh mutaxassisi N. Rahmatovlar Nurota  tumaniga borib, hududiy statistika boʻlimi boshligʻi Sh. Shukurov bilan birgalikda, bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

Bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati oʻrganish jarayonida - Davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati, Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni taʼmirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va toʻqimachilik galantereyasidan buyumlarni tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, kashtachilik, Transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qoʻriqlash signalizatsiyalarini taʼmirlash va oʻrnatish, polirovkalash, kuzovga himoya va bezak qoplamalarini qoplash xizmatlari) kabi xizmat turlari yaqindan oʻrganilib, kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun supervayzerga tegishli tafsiyalar berildi.

photo2023-05-0518-44-34
photo2023-05-0518-44-33
photo2023-05-0518-44-31
photo2023-05-0518-44-31-2
photo2023-05-0518-20-14

Tugmani bosing Tinglash GSpeech