03/05/2023

🔹Joriy yilning 3- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov, Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi boshligʻi M. Mirjonovlar Xatirchi  tumaniga borib, hududiy statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi A. Quvondiqov bilan birgalikda, bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

🔹Bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati oʻrganish jarayonida - Davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati, Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni taʼmirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va toʻqimachilik galantereyasidan buyumlarni tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, kashtachilik,  hamda Koʻylak va kostyumlarni, shuningdek ularga aksessuarlarni prokatga berish kabi xizmat turlari yaqindan oʻrganilib, kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun intervyuyerga tegishli tafsiyalar berildi.

photo2023-05-0314-04-56
photo2023-05-0314-04-55
photo2023-05-0314-04-43
photo2023-05-0314-04-40
photo2023-05-0314-04-30
photo2023-05-0314-04-25
photo2023-05-0314-04-08

Tugmani bosing Tinglash GSpeech