2023- yilning 29- mart kuni, Davlat statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻining o'rinbosari R. Urazbayev Navoiy viloyati statistika boshqarmasi uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘lim boshlig’i A. Amirbekov bilan birgalikda intervyuyerlar tomonidan o’tkazilgan tanlanma kuzatuvlarning qayta nazorat ishlarini olib bordi.
Kuzatuv davomida Navoiy shahar, Nurota va Navbahor tumanlariga qarashli Xoncharbog’, Istiqbol, Orasoy, Qalqonota MFYga borib, uy xoʻjaliklariga kuzatuvga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo’yicha atroflicha ma’lumot berildi.