Navoiy viloyatida 2023- yil yanvar-fevral oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egalladi va 30,7 % ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar savdo xizmatlari (30,7 %), moliyaviy xizmatlari (25,3 %), transport xizmatlari (15,6 %), shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha (5,9 %) qayd etildi. Ijara xizmatlari hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,3 % ga yetdi.