28/03/2023

Ishonchli ma’lumotlarni qamrab olish va to‘plash maqsadida hamda ko‘p sonli tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, shuningdek statistik hisobotlarni onlayn taqdim etish bo‘yicha yangilangan eStat4.0 axborot tizimining joriy etilishini inobatga olgan holda taqdim etish muddati 2023- yil 27- mart sanasiga belgilangan quyidagi statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddatini 2023- yil 31- mart (juma kunini ham o‘z ichiga olgan holda) sanasiga uzaytirildi:

  • 1-kb (yillik) shakli“Mikrofirma va kichik korxonaning 2022 yil uchun hisoboti” (Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar) (mazkur hisobotning barcha ilovalari bilan birga);
  • 1-moliya shakli “Аsosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g ‘risida 2022 yil uchun hisoboti” (Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar (kichik korxona va mikrofirmalar, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), ularning alohida bo‘linmalari).

Shu bilan birga, Statistika agentligi ushbu hisobotlarni belgilangan muddatdan kechikmasdan taqdim etilishini respondentlardan so‘rab qoladi. 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech