✅ 2023- yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyati boʻyicha koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 398,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 25,3 %ni tashkil etdi.
📈Ushbu xizmatlar tarkibida sugʻurtalash va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar ustunlik qiladi. 2023- yilning yanvar-fevral oylarida ularning ulushi 92,8 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan jami moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 127,5 % ga yetdi.