2023- yilning 11- mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida intervyuyer N. Toshtemirov bilan birgalikda Xatirchi tuman “Xonaqa” MFYga borib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egasi va intervyuyer bilan boʻlib oʻtadigan soʻrovnomada ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: Uy xoʻjaliklarida oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga taʻsirini oʻrganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadirlarni ishlab chiqish uchun maʻlumotlar shakllantiriladi.