O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 6- sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5812-farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 7- avgustdagi 466- sonli qaroriga asosan Navoiy shahar kasb-hunar maktabi o`quvchilari 2022-2023 o’quv yili rejasiga ko’ra, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirishda viloyat statistika boshqarmasida o’quv amaliyotini o’tkazdi.
Amaliyot davomida o’quvchi yoshlar boshqarmaning ish faoliyati va statistik raqamlarning shakllanishi hamda o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Shunindek amaliyot yakuni bilan kasb-hunar maktabi o’quvchilariga yillik statistik to’plamlar taqdim etildi.