022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 51,0 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,2 %.
Quvur yoʻli orqali koʻrsatilgan transport xizmatlarining hajmi 13,1 % ni tashkil etdi. Oʻz navbatida, transport xizmatlari umumiy hajmida temir yoʻl transporti orqali koʻrsatilgan xizmatlar 11,4 % ga yetdi. Yordamchi transport faoliyati esa – 10,3 % koʻrsatkich qayd etildi.