2022- yil yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida jami 19,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ulardan 69,9 % i yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 21,5 % hamda boshqa xarajatlarga 8,6 % investitsiyalar yo‘naltirildi.