Qayd etish kerak-ki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-fevral holatiga viloyatimizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 205,7 foizni tashkil etdi. So’nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
🔸2019 yilda – 1 862 ta
🔸2020 yilda – 2 896 ta
🔸2021 yilda – 3 309 ta
🔸2022 yilda – 3 662 ta
🔸2023 yilda – 3 830 ta