13/01/2023

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi xodimlari tomonidan uy xoʻjaliklari tanlovini amalga oshirish ushun zarur boʻlgan maʻlumotlarni tayyorlash, soʻrovnomalarni va boshqa soʻrov hujjatlari boʻyicha birlamchi statistika maʻlumotlarini yigʻish, ularning nazorati va tahlil qilish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

2023- yil 13- yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A. Qoʻldoshev uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida intervyuyer A. Erkinov bilan birgalikda Nurota tuman “Istiqbol” MFYga borib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egasi va intervyuyer bilan boʻlib oʻtadigan soʻrovnomada ishtirok etdi.

  • photo2023-01-1314-33-45
  • photo2023-01-1314-33-40
  • photo2023-01-1314-33-45-2

Tugmani bosing Tinglash GSpeech