Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyul oylarida Navoiy viloyati jahonning 93 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 1 709,2 mln AQSH dollariga yetkazgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2025-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 631,9 mln AQSH dollariga yoki 58,7 % ga oshgan.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Fransiya (49,5 %), Xitoy (23,1 %), Turkiya, (5,1 %), Rossiya (4,8 %) va Qozog‘istonda (3,8 %) qayd etilgan.
Eksport – 1 061,3 mln
Import – 647,9 mln




