2022- yilning yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 34 241,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 5,3 % ga, 2018- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 29,5 % ga o‘sdi.