30/09/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 6298,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 73,6 %i o‘zlashtirilgan.

Uning tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar:  metallurgiya sanoati – 2800,1 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 32,7 %), boshqa nometall mineral mahsulotlarini ishlab chiqarish – 1636,5 mlrd. so‘m, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish – 989,0 mlrd. so‘m.

756591307432400

Tugmani bosing Tinglash GSpeech