Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, joriy yilning 4–31-avgust kunlari viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida 192 nafar registrator xodimlar tomonidan turar joylar va aholi yashashi mumkin boʻlgan noturar joylar roʻyxatini shakllantirish hamda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini oʻrganish ishlari olib borildi. Mazkur tadbirlar natijasida mahallalardagi raqamsiz uylar, nomsiz koʻchalar, xaritaga kiritilmagan turar joylar, buzilgan uylar, yangi qurilayotgan turar joylar va aholi yashashi mumkin boʻlgan noturar joylar aniqlanadi va mahalla xaritalari yangilandi.
Bugun, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosari A. Qo'ldoshev va Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'lim mas’ul xodimlari tomonidan ushbu tadbirda faol ishtirok etgan Qiziltepa tumani registratorlari TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.