2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 282 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek joriy yilda ushbu sohada 62 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 60 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Eng ko‘p yangi tashkil etilgan axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar hududlar kesimidagi soni:
Navoiy shahrida – 25 ta
Karmana tumanida – 14 ta
Qiziltepa tumanida – 8 ta
Axborot xizmati