Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra viloyatda sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 3 860 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,6 % ga oshdi.
Jami sanoat korxonalari va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan):
- tog‘ - kon sanoati va ochiq konlarni ishlash yo‘nalishida – 22,9 % ga (jami sanoatdagi ulushi 6,7 %);
- ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoati yo‘nalishida – 9,5 % ga (jami sanoatdagi ulushi 91,3 %);
- suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish yo‘nalishida – 36,2 % ga (jami sanoatdagi ulushi 1,7 %);
- elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 18,2 % ga (jami sanoatdagi ulushi 0,3 %) o‘sishidir.
Axborot xizmati