Respublikaga 2022-yil yanvar-avgust oylarida jami 3049,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Ushbu koʻrsatkichni 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2021-yilda 1564,5 ming nafar) 1485,2 ming nafarga yoki 1,9 martaga ortganini kuzatish mumkin.
Oʻzbekistonga yanvar-avgust oyida eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
Qozogʻiston – 922,7 ming nafar
Qirgʻiziston – 821,9 ming nafar
Tojikiston – 814,5 ming nafar
Rossiya Federatsiyasi – 316,9 ming nafar
Turkiya – 45,8 ming nafar
Janubiy Koreya – 10,9 ming nafar
Germaniya - 10,3 ming nafar
AQSH – 7,8 ming nafar
Hindiston – 6,7 ming nafar
Fransiya – 6,4 ming nafar
Ozarbayjon – 6,1 ming nafar
Isroil – 6,6 ming nafar
Buyuk Britaniya– 6,0 ming nafar
Italiya – 4,7 ming nafar
Ispaniya – 3,1 ming nafar