Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-iyulidan eʼtiboran Birlashgan Millatlar Tashkiloti YUNISEF Xalqaro bolalar jamgʼarmasining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Milliy Barkaror rivojlanish maqsadlarining bolalarga oid kursatkichlarini yigʼish hamda tizimlashtirish, yoʼnalishlarini belgilashga koʼmaklashish maksadida" halqaro ekspertlar janob Xose Lui Servera-Ferri va Аnna Аstafyevalarning 2022- yil 26-iyuldan 5-avgustga qadar Davlat statistika qo‘mitasida tegishli vazirlik va idoralar bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazishga doir rejalashtirilgan tashrif dasturi doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.
Xususan joriy yilning 28-iyul kuni maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi vakillari ishtirokida bolalar statistikasiga oid vazirlik idoralarda mavjud ma’lumotlarni shakllantirish manbalari to‘g‘risida muhokamalar o‘tkazildi.
Shuningdek, 29-yuil kuni kunning birinchi yarimida Madaniyat vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari bilan uchrashuv davom ettirilib kunning ikkinchi yarimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakili bilan kun tartibiga doir masalalr muhokama qilindi.
Shundan so‘ng Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining iqtisodiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich va xalqaro ekspert Xose Lui Servera-Ferrining xafta davomida Davlat statistika qo‘mitasida loyiha doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar va o‘tkazilgan tadbirlar natijasi muxokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.