Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, joriy yilning 1- avgustidan 3- avgustiga qadar respublikamizning barcha hududlarida, turar joylar va binolar ro’xatini tuzish va registratorlik uchastkasini sxematik rejasiga aniqlik kiritish bo’yicha masus o’quv va amaliy mashg’ulotlar bo’lib o’tadi.
Bugundan Navoiy viloyatining barcha hududlarida, ro’yxatga olish bo’lim xodimlari tamondan uy-joylarni roʻyxatga oluvchi xodimlar (registrator)larga o‘quv amaliy seminarlar boshlandi.
O’quv jarayonida registratorlarga hududdagi turar joylar va binolarni toʻliq aylanib chiqish orqali aholi punktlarining sxematik rejasiga aniqlik kiritish, yangi qurilgan va qurilayotgan uylarni belgilash,va buzilganlarini oʻchirib tashlash, xonadonda yashovchilar sonini aniqlash hamda chorva mollar bosh sonini koʻrsatgan holda turar-joylar va binolar roʻyxatini tuzishlari to‘g’risida ta’kidlab o’tildi.