Aholini roʻyxatga olish bo‘lim xodimlari tomonidan Navoiy shahar Binokor MFYga qarashli bino va hovli joylarning sxematik xaritalari va xonadonlarning raqamlanish holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.
Axborot xizmati