27/07/2022

Joriy yilning 27-iyul kuni Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 1- martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 81-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish masalalari” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Tadbirda viloyatdagi davlat organlari korxona va tashkilotlarning Xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Seminarda ayniqsa, korxona, tashkilot va muassasalarda gender tengligini taʼminlash, jamiyatda xotin-qizlarning oʻrnini yanada mustahkamlash borasida maʼruzalar tinglandi.

Bugungi kunda mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlarning maʼnaviyatini yuksaltirish bo‘yich takidlab o‘tildi.

Shuningdek, bu borada amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar belgilandi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech