27/07/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) hajmi joriy narxlarda 32 149,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,4 % ga o‘sdi.

YAHM tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi. YAHM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 71,7 % dan 72,3 % ga, xizmatlar sohasi 12,3 % dan 13,0 % ga oshdi va qurilish tarmog‘i 3,7 % dan 3,7 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 12,3 % dan 11,0 % ga kamaydi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech