06/04/2022

2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 3 638 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 % ga oshdi. Jami sanoat korxonalari va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan): - tog‘ - kon sanoati va ochiq konlarni ishlash yo‘nalishida – 19,3 % ga (jami sanoatdagi ulushi 6,1 %); - ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoati yo‘nalishida – 7,4 % ga (jami sanoatdagi ulushi 92,2 %); - suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish yo‘nalishida – 27,5 % ga (jami sanoatdagi ulushi 1,4 %) o‘sishidir.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech