05/04/2022

Kuni kecha, Viloyat statistika boshqarmasining barcha xodimlari, tuman va shahar bo’limlari ishtirokida – korruptsiyaga qarshi kurashish masalasi bo'yicha Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan xodimlarni tanishtirishga qaratilgan "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzuida seminar-yig'ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda, Boshqarma boshlig’i A. Tashnazarov  o’z so’zida korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.

Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi.

 Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, boshqarma  xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalalari bugunning muhim vazifalaridan biridir.

Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech