06/01/2022

     Joriy yilning 6 -yanvar kuni Uchquduq tumani statistika boʻlimi mutaxassisi tomonidan 7-umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻqituvchi murabbiylariga  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumot berildi.

     Aholini roʻyxatga olish – Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida oʻtkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish va ularga ishlov berish hamda yakuniy maʼlumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.

     Aholini roʻyxatga olishning asosiy maqsadi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish, demografik koʻrsatkichlarni hisoblash va prognozlash, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanishni oʻrganish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun aholi toʻgʻrisida ishonchli va xolis axborotlarni olish hisoblanadi.

     Aholini roʻyxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish koʻzda tutilgan.

     Bu — hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish bilan bogʻliq masala.

     Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini oʻtab boʻlgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat obyektlarni qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.

     Seminar davomida qatnashchilarga aholini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan savollariga batafsil tushunchalar berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech