Joriy yilning 30- noyabr kuni Uchquduq tumani Kasb-hunar maktabi o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminar yig‘ilishda Uchquduq tumani statistika bo‘lim boshlig‘i Sh. To‘xtayev qatnashchilariga mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshirilishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi boʻlib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich boʻlib, bunda bevosita aholini roʻyxatga olish amalga oshiriladi, yaʼni aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi, nazorat tekshiruvi oʻtkaziladi va aholini roʻyxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. Soʻnggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan maʼlumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar eʼlon qilinadi.