Joriy yilning 25- iyun kuni viloyat statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi tomonidan Nurota tumanida korxona va tashkilot hisobchilari hamda xo‘jalik yurutuvchi subyektlari ishtirokida “4-Mehnat 4-BX statistik hisobotini eStat 4.0 elektron tizimi orqali jo’natish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi xodimlari boshqarma bosh yuriskonsulti А.Murodov hamda demografiya va mehnat statistikasi boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari I.Аlimov ishtirokchilarga eStat 4.0 elektron tizimi orqali 4-Mehnat 4-BX statistik hisobotlarini yuborish tartiblari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari va byurokratik g‘ovlarni (korruptsiyaga qarshi) bartaraf etish, to‘g‘risida keng va atroflicha tushuncha berdilar.
Seminar yakunida korxona va tashkilot hisobchilari hamda xo‘jalik yurutuvchi subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.