16/06/2021

 Bugun Navoiy viloyatida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi yoshlar festivali boshlanmoqda. Ayni paytda ushbu festivalning oʻtkazishga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida Navoiy viloyati hokimining matbuot kotibi I. Axmedov Navoiy viloyatida  16-18 iyun kunlari bo’lib o’tadigan "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar  festivalida quyidagi loyihalar amalga oshirilishi bo’yicha ma’lumot berdi. 

? Taniqli sport yulduzlari, boks bo'yicha g‘olib bilan sportga qiziqqan yoshlar uchrashuvi hamda master-klasslar;

? "Yosh bahodirlar o'yini" musobaqasi;

?"Dronlar" shousi;

?Milliy liboslar ko'rgazmasi;

?Uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning "Street workout" turi bo'yicha musobaqalar;

?"Robotexnika" va "kibersport" musobaqalari;

?"Plyaj" va "DJ" shoulari;

?"Raqs shaydolari" tanlovi hamda zamonaviy raqslar festivali;

?Yakuniy "Gala-konsert" va "Mushakbozlik tadbirlari  bo'lib o'tadi.

  

 

 

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech