Joriy yilning 31-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga qiziqishni oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Har oyda bitta kitob o‘qiymiz” loyihasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur loyiha doirasidagi navbatdagi mutolaa uchrashuvida tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etdi. Ular mutolaa qilgan kitob yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, asarning mazmun-mohiyati, ilgari surilgan g‘oyalar, qahramonlar obrazi hamda tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati haqida so‘z yuritdi.


Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘qilgan asardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kitobxonlikning shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni hamda mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.



