24/07/2026

Joriy yilning 24-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlar o‘rtasida “Har oyda bitta kitob o'qiymiz” loyihasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Loyihaning asosiy maqsadi tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim va ma’naviy salohiyatini oshirish, shuningdek, ilmiy-ma’rifiy adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.

 Loyihaning birinchi bosqichi uchun tanlangan kitob — Fotih Dumanning “Devona” asari bo‘ldi.

Har bir yaxshi kitob — yangi fikr, kengroq dunyoqarash va yangi imkoniyatlar sari tashlangan muhim qadamdir.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech