27/04/2026

Joriy yilning 27-aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘RQ–1135-son Qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan mazkur qonunning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, qonunda kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, ularning huquqlarini kengaytirish hamda huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan normalar bandma-band yoritib berildi.

Mazkur huquqiy targ‘ibot tadbiri xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, qonunchilik hujjatlari mazmunini chuqur anglash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech