20/04/2026

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari va ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni boshqarma bosh yuristkonsulti A. Murodov ochib berar ekan, jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o’tdi.

Muloqot davomida Navoiy shahar XDP kengashi raisi J. Hamroyev partiyaning dasturiy maqsadlari va vazifalari bo’yicha batafsil ma’lumot berib o’tdi.

Shuningdek, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi. Bu kabi tadbirlar tizim xodimlarining ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech