Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga Navoiy viloyatida 19 088 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 12 864 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 67,4 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 12 864 ta (67,4 %);
Xususiy korxonalar – 3 349 ta (17,5 %);
Oilaviy korxonalar – 2 789 ta (14,6 %);
Aksiyadorlik jamiyati – 16 ta (0,1 %);
Boshqalar – 70 ta (0,4 %).




