28/01/2026

Mamlakatimizda davom etayotgan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari doirasida Milliy statistika tizimi tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida tasodifiy tanlov asosida sovrinlar belgilanmoqda.

Tanlov natijalariga ko‘ra, har bir hududdan bittadan g‘olib aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Navoiy viloyatida esa ushbu imkoniyat Navbahor tumani Qorovultepa MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro D. Xaqberdiyevaga nasib etdi.

G‘olibga viloyat statistika boshqarmasi vakillari tomonidan Tashakkurnoma hamda zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn qatnashish vaqtni tejaydi, qulaylik yaratadi va eng muhimi, sovrin yutish imkonini ham taqdim etadi. Savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan har bir fuqaro ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.