Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Navoiy viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishida eng yuqori ulush — 77,0 foiz bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari hajmi quyidagicha shakllangan:
Bino va inshootlar qurilishi — 2 431,9 mlrd so‘m
Fuqarolik obyektlari qurilishi — 1 031,0 mlrd so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari — 29,7 mlrd so‘m




