26/12/2025

Joriy yilning 26-dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarga Yangi yil sovgʻalari topshirildi.

Unda boshqarma boshligʻi A. Tashnazarov soʻzga chiqib, tizim xodimlarini Yangi yil bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, 2025-yil davomida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, xodimlarning fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.

Shu bilan birga, statistika sohasida samarali va mas’uliyatli mehnati, xizmat vazifalariga bo‘lgan sadoqati hamda soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh xodimlar Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech