22/12/2025

2025-yil 19-dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘RQ–1101-son “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida boshqarmaning bosh yuriskonsultanti A. Murodov Qonunning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, unda belgilangan bandlar bo‘yicha keng tushuntirishlar berdi.

Tadbir tizim xodimlarining huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta sohasidagi qonunchilikni yanada chuqur anglashga xizmat qildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech