Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda tadbirga tayyorgarlik va targʻibot ishlari davom ettirilmoqda.
Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Navoiy viloyat Bosh boshqarmasi xodimlari uchun Milliy statistika qo'mitasi boshqarma boshlig'i K. Gulboev hamda viloyat Statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan maxsus o‘quv seminar tashkil etildi. 
Seminarda ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsadi, vazifalari, mazkur jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati batafsil tushuntirildi.


Tadbir davomida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek bu jarayonning bosqichlari va qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi.


Seminar soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda roʻyxatga olish jarayonining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishdi.



