Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga Navoiy viloyatida 18,4 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 12,1 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 66,1 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 12 179 ta (66,1 %);
Xususiy korxonalar – 3 340 ta (18,1 %);
Oilaviy korxonalar – 2 807 ta (15,2 %);
Aksiyadorlik jamiyati – 15 ta (0,1 %);
Boshqalar – 74 ta (0,5 %).




