Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yanvar-sentabr oylaridagi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekistonda shahar hududlarida yashayotgan uy xo‘jaliklarining 22,1 foizi ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiladi.
Ularning uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
— alohida uy (xususiy hovli) – 77,6 %;
— ko‘p kvartirali uylar – 22,1 %;
— boshqa turdagi uy-joylar – 0,3 % ni tashkil etdi.




