11/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik va targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda.

Joriy yilning 11-dekabr kuni Navoiy viloyati Markaziy bank bosh boshqarmasi binosida mahalla bankirlari uchun viloyat statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan maxsus o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, shuningdek hududlarda infratuzilma va rivojlanish dasturlarini rejalashtirishdagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech