BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, har yili 9-dekabr kuni dunyo miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini targ‘ib qilish va jamiyatda halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari oʻrtasida “Korrupsiya – kelajak kushandasi, umr zavoli” mavzusida chellenj tashkil etildi.

Ushbu tashabbus korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, xodimlar o‘rtasida adolat, mas’uliyat va xizmat burchiga sodiqlik tamoyillarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurash – kelajagimizni asrash demakdir.



