Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda tadbirga tayyorgarlik va targʻibot ishlari davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 5-dekabr kuni “NKMK” AJning Navoiy shahridagi bo‘linmalari mutaxassislari uchun Viloyat statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan maxsus o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va infratuzilma rejalashtirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida qo‘llaniladigan savolnomalar, ma’lumotlarni yig‘ish tartibi, xalqaro statistik talablar va zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar ham yetkazildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ul mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldi.



