Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda tadbirga tayyorgarlik va targʻibot ishlari davom ettirilmoqda.


Joriy yilning 4-dekabr kuni “NKMK” AJ Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasida Viloyat statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan zavod ishchi-xodimlari uchun maxsus o‘quv seminar tashkil etildi.


Seminarda ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsadi, vazifalari, mazkur jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati batafsil tushuntirildi.


Tadbir davomida aholining o‘zlari ham onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi, shuningdek bu jarayonning bosqichlari va qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi.

Seminar soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda roʻyxatga olish jarayonining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.



