03/12/2025

Joriy yilning 3- dekabr kuni Navoiy davlat universiteti Tillar fakultetida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimi S. Boboqulov, Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi boshlig‘i D. Abdimurodov, universitetning o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Muloqot davomida ro‘yxatga olishning texnik va tashkiliy bosqichlari hamda to‘plangan ma’lumotlarning amaliy ahamiyati batafsil tushuntirildi. Ta’kidlanganidek, roʻyxatga olish orqali aholining umumiy soni, yosh tarkibi, millat, til, ta’lim darajasi, bandlik, uy-joylar holati, ichimlik suvi, gaz, elektr ta’minoti, internet va boshqa xizmatlardan foydalanish darajasi kabi koʻrsatkichlarni aniqlab beradi.

Davra suhbati qizg‘in bahs-munozaralarga boy ruhda o‘tdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi va mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech