Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–oktabr oylarida Navoiy viloyatida 2 355,3 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari bo‘yicha qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 13,4 % ga oshgan.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 20,3 % ni tashkil etdi.




